Yusuf Saryomiy

Yusuf Saryomiy
Yusuf mulla Abdushukur oʻgʻli
Tavalludi 1840-yil
Chimkent viloyati Saryom qishlog'i
Vafoti 1912-yil
Kasbi hattot, shoir

Yusuf Saryomiy (taxallusi; asl nomi Yusuf mulla Abdushukur oʻgʻli) (1840-yil, Chimkent viloyati Saryom (hozirgi Sayram) qishlogʻi — 1912-yil) — XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi oʻzbek adabiyotining vakili. Shoir muhr yasash va xattotlik qilish bilan hayot kechirgan.

Tahsili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent va Buxorodagi madrasalarida tahsil olgan. Samarqand, Toshkent, Qoʻqon adabiy harakatchiligida faol qatnashgan. „Beklar begi“ madrasasida oʻqigan va unga atab sheʼrlar yozgan („Dar taʼrifi manzari madrasai Bek az Yusuf“).

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yusuf Saryomiy xattotlik — kotiblik bilan kun koʻrgan, kosibchilik, muhrdorlik bilan ham shugʻullangan.

Ijodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir sheʼrlari hayotligida „Bayoz“ (1893), „Armugʻoni Xislat“ (1911), „Bayozi Muhallo“ (1912), „Bayozi Haziniy“ (1912) kabi bayozlarda bosilgan. 1914-yil Tavallo Yusuf Saryomiy sheʼrlarini toʻplab, „Devoni Mavlavii Yusuf Saryomiy“ nomi bilan nashr etgan. Uning toshbosma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti va Andijon adabiyot va sanʼat muzeyida saqlanadi. Kitobga Rasulmuhammad Shoshiy oʻgʻli Mulla Oʻtab xattotlik qilgan.

Xotirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayram tarixi haqidagi xilma-xil maʼumotlarga boy, biroq anʼanaviy diniy mazmunda bitilgan „Risola“ni Yusuf Saryomiyga nisbat beradilar. Xalq orasida shoirning gʻoyat hozirjavob, nohaqlikka murosasiz ekanligini tasdiq etuvchi koʻplab rivoyatlar, afsonalar yuradi. Koʻplab gʻazallari („Yaliyali“ kabi) hozir ham el orasida mashhur. Yusuf Saryomiy nomida koʻcha va maktab bor.

Shoirning ijodiy merosi Tavallo tomonidan tuzilgan „Devoni Mavlaviy Yusuf Saryomiy“ (1914-yil)da jam boʻlgan[1].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Saryomiy Yusuf Sheʼrlar. Sayram, 1990.
  • Oʻzbek adabiyoti. 4-tom, 1-kitob. Toshkent, 1959.
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi. 4-tom. Toshkent, 1978.
  • Yusuf Saryomiy, Tanlangan asarlar (matn, soʻzboshi, lugʻat, izoh) Toshkent, Maʼnaviyat, 2002.
  • Tanlangan asarlar, Toshkent, 2002.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qayyumov P., Tazkirai Qayyumiy, Toshkent, 1998;
  • Karimbek Kamiy, Dilni obod aylangiz…, Toshkent, 1998.
  • „Yusuf Saryomiy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 10-jild (Sharq — Qizilqum). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 — 656 bet. 

Ilmiy adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Yusuf Saryomiy" OʻzME. Yu-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil