William Taft

Wikipedia open wikipedia design.

William Howard Taft (1857.15.9 — 1930.8.3) — AQSH davlat arbobi. Yell kolleji (1874—78) va Sinsinnatidagi yuridik maktabda (1878—80) oʻqigan. Advokat, sudya boʻlgan. 1901—04 yillarda Filippin o.lari gubernatori. 1904—08 ylarda T. Ruzvelt hukumatida harbiy vazir. 1909—13 yillarda respublikachilar partiyasidan saylangan AQSH prezidenti. T. hukumati Lotin Amerikasi davlatlarini AQShga karam ettirish yoʻlini tutgan. 1912 yildagi prezident saylovida magʻlubiyatga uchragan. Birinchi jahon urushi yillarida (1914—18) mehnat masalalari boʻyicha Milliy harbiy boshqarma rahbari. 1921 yildan AQSH Oliy sudi raisi. Shtatlar huquqini himoya qilish bahonasida sanoatda bolalar mehnatidan foydalanishni cheklashga qarshi boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir]






This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek