Umar ibn Xattob

Wikipedia open wikipedia design.

Umar Ibn Al-Xattob Al-Foruq (Umar ibn Xattob (arab. عمر بن الخطاب; oʻqilishi: ʼOmar ibn al-Xattāb; taxminan 585—644) — dastlabki toʻrt xalifadan ikkinchisi (hukmronlik yillari 634—644). Shuningdek, Buyuk Umar nomi bilan ham mashhur. Asli Quraysh qabilasining Banu Adi sulolasidan. „Xulafa ur-Roshidun“("Toʻgʻri yoʻldagi xalifalar") nomini olgan xalifalardan biri. Islomni taxminan 616 yili qabul qilgan. Muhammad (sav)ning yaqin safdoshlaridan biri, u olib borgan barcha janglarda qatnashgan. Abu Bakr oʻlimidan avval Umarni oʻz oʻrniga tavsiya etgan. Umarning xalifalik davrida islom Iroq, Suriya, Misr, Liviyaga tarqaldi. Eron hududlari xalifalikka qoʻshildi. Arab-musulmon saltanati tarkib topa boshladi. Uning davrida barcha asosiy maʼmuriy-huquqiy muassasalar, avvalo soliq-oʻlpon tizimi tuzildi. Musulmonlar jamoasi tez orada ruhoniylar idora etadigan davlatga aylandi. Bu hol Umar xalifa unvoniga birinchi boʻlib qoʻshimcha amir al-moʻminin (moʻminlar hukmdori) unvonini qabul qilishida ham ifodalandi. Umar yangi musulmon yil hisobi — hijriy yil taqvimini joriy etdi. Sunniylar tarixiy anʼanasida Umar risoladagidek hukmdor, yaʼni taqvodor, musulmonlarga nisbatan adolatli, dushmanlarga beshafqat inson sifatida taʼriflanadi. Uning davri islomning „oltin asri“ deb ulugʻlanadi. Umar Muhammad (sav) ning Madinadagi qabri yoniga dafn etilgan.

Havolalar[tahrir]

Manbalar[tahrir]





This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek