Turku

Wikipedia open wikipedia design.

Turku (fin Turku [ˈturku]) yoki Abo (shved. Åbo — Finlyandiyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. TurkuPori lyanining maʼmuriy markazi. Aholisi 172,1 ming kishi (2000). Boltik, dengizining Botnik qoʻltigʻi sohilidagi port. Transport yoʻllarining muhim tuguni. T.dan Shvetsiyaga parom qatnaydi. Mamlakatning savdosanoat va madaniy markazi. Mashinasozlik (xususan, kemasozlik, elektronika), toʻqimachilik, neftni qayta ishlash sanoati korxonalari mavjud. Unt, muzeylar bor. T. 12-asr oʻrtalarida finlarning shvedlar egallagan savdo qishlogʻi oʻrnida bunyod etilgan. T. haqidagi ilk yozma maʼlumotlar 1154 yilga oid arab manbalarida uchraydi. 13-asr oʻrtalaridan 1809 yilgacha shvedlar maʼmuriyati markazi. 1809—12 (amalda 1819 yilgacha) T. — Finlyandiya Buyuk knyazligi poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan roman sobori (13 — 15-asrlar) va qasr (1280, 16—17-asrlarda qayta qurilgan) saklangan.





This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek