Tarix muzeylari

Oʻzbekiston davlat tarix muzeyi

Tarix muzeylari - tarixiy, madaniy va maʼnaviy yodgorliklarni toʻplash, saqlash, oʻrganish va tashvik, qilish kabi ishlarni amalga oshiruvchi ilmiymaʼrifiy, maʼnaviy maskan. Uzining ekspozitsiya va koʻrgazmalari vositasida ilmiy tashviqot va maʼnaviy tarbiya vazifasini bajaradi. Muzeylarta qiziqish qadimdan boshlangan. Tarixiy manbalarning shohidligicha ilk muzey mil. av. 3-asrda Iskandariyada muzalarga atalgan binoda — Muzeyonda kad. sanʼat yodgorliklari majmuasi sifatida tashkil etilgan.

Oʻzbekistonda xam 19-asrning 4-choragi boshlaridan Tarix muzeylariga qiziqish boshlangan. Toshkentdagi Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi, Samarqanddagi "Afrosiyob", shuningdek, Samarqand Davlat birlashgan tarixiymeʼmoriy va badiiy muzey qoʻrikxonasi, Xivadagi "Ichanqalʼa" qoʻrikxonasi kabilar katorida mustakillik yillarida vujudga kelgan Oʻzbekiston Respublikasida Temuriylar tarixi davlat muzeyi — 1996-yil; Olimpiya shonshuhrati muzeyi — 1996.; "Katagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyi — 2002-yil; Toshkent tarixi muzeyi — 2003-yil; Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi — 2002-yil kabi yangi muzeylar faoliyat olib bormoqda. Respublikamizdagi bir qator oʻlkashunoslik muzeylaridagi tarix fani yoʻnalishidagi boʻlimlar zamona ruhiga moslab taʼmirlandi. Oʻzbekiston tarixida yangi qoʻlga kiritilgan yutuklar asosida boyitildi. Tarix muzeylariga UzR Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi madaniy boyliklarining olib chiqilishi va olib kirilish masalasini tartibga solish toʻgʻrisida"gi qarori tufayli Oʻzbekistondagi Tarix muzeylari dunyoning tanikli muzeylari ridan joy olmoqda. Hozir jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy rivojlanishida Tarix muzeylarining tadqiqotchilik oʻrni salmoqlidir. Tarix muzeylarining asosiy maqsadi xalq taqdiri bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy jarayonlarni xolis yoritish va keng mushoxada etib ilmiy tadqiq etishdir.