Sport gimnastikasi

Wikipedia open wikipedia design.

'Sport gimnastikasi' - sportning asosiy turlaridan biri. Ayollar va erkaklarning maxsus gimnastika anjomlari (snaryadlari)da va e in mashklar boʻyicha oʻtkaziluvchi musobaqalarni oʻz ichiga oladi. Katta jismoniy kuch, chaqqonlik, qoʻrqmaslik, harakatlarni muvofiqlashtirishda aniqlikni talab etadi. Zamonaviy S.g .ga 19-asr boshida nemis mutaxassisi F.L.Yan (F.L.Jahn) asos solgan. 1973 y. Xalqaro olimpiada qoʻmitasi tasdiqlagan zamonaviy S.g . dasturiga erkaklar oʻrtasida (erkin mashqlar, otda, halqalarda bajariladigan mashqlar, tayanib sakrash, muvoziy (parallel) qoʻshpoyada va yakkachoʻpda bajariluvchi mashklar) hamda ayollar oʻrtasida (tayanib sakrash, xodada, har xil balandliqsagi qoʻshpoyada bajariladigan va erkin mashklar) oʻtkaziladigan shaxsiy va jamoa birinchiliklari kiradi. Har bir mashqda majburiy (Xalqaro S.g . federatsiyasi tomonidan belgilanadigan) va erkin (rasmiy talablarni inobatga olib sportchilarning oʻzlari tuzadigan) kompozitsiya boʻladi. Mashklarning bajarilishi 10 balli tizim asosida baholanadi. Xalqaro S.g . federatsiyasi FIJ (1881 y. tuzilgan)ga 100 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1896 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1903 yildan jagʻon chempionatlari oʻtkazib kelinadi. Oʻzbekistonda S.g . keng rivojlanib bormoqda. Respublikada mazkur sport turiga ixtisoslashgan 7 ta bolalar va oʻsmirlar sport maktablari mavjud boʻlib, ularda 70 nafardan ziyod murabbiy 1000 dan ortiq oʻgʻilqizga ustozlik qiladi. Xalqaro toifadagi sport ustalari O. Chusovshpina, A. Gordeyeva 2004 y. Afinada boʻlib oʻtadigan 28yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar. Xalqaro toifadagi sport ustalari A. Fokin, A. Markelov, Oʻzbekiston sport ustalari F. Xoʻjayev, A. Ninkova, B. Gayfulina, N. Jalilova, S. Akopyans, K. Hasanov, I. Rahmatov, R. Osimov, I. Ponamarev va boshqa mamlakatimiz hamda xorijda oʻtkazilayotgan yirik musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib keladi.







This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek