Sidney Altman

Sidney Altman
Tavalludi 8-may 1939-yil
Monreal, Kanada
Vafoti 5-aprel 2022[1]
Fuqaroligi AQSh va Kanada[2]
Sohasi Molekulyar biologiya
Taʼlimi Massachusetts texnologiya instituti
Kolorado universiteti
Mukofotlari Nobel mukofoti
Lomonosov Oltin medali

Sidney Altman (1939.8.5, Monreal) — amerikalik kimyogar. Kolorado universiteti falsafa doktori, Yel universiteti professor (1971). Asosiy ilmiy ishlari nuklein kislotalar kimyosiga oid. 1970-yillarning oʻrtalarida ichak tayoqchasida gayrioddiy ferment topib, unga ribonukleaza yoki (RNKaza) R deb nom bergan. Keyinchalik bu fermentning nafaqat bakteriyalarda, balki hayvon tuqimalarida ham mavjudligini aniklagan. Ribonukleaza RNK va oqsil komponentlaridan tashkil topganligini, ularni ajratish va qayta biriktirish mumkinligini, RNK dan ajratib olingan oqsil komponentlari fermentativ faollikka ega emasligini isbot qildi. RNK fragmentlari ayni vaqtgacha faqat oqsil fermentlarga taallukli deb hisoblangan, barcha klassik-katalitik xossalarga ega boʻlgan yangi riobizm kashf etdi (1983). Nobel mukofoti laureati (1989, R. Chek bilan hamkorlikda).[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil