Shirkat

Wikipedia open wikipedia design.

Shirkat, xoʻjalik shirkati — jismoniy va yuridik shaxslarning shartnoma asosida va hamkorlikda xoʻjalik faoliyati yuritish maqsadlarini koʻzlaydigan ixtiyoriy birlashmasi. Sh. aʼzolari xoʻjalik shartnomasi asosida ish yuritadilar, unda shahrining maqsadlari, Sh. mulkini barpo etishda aʼzolar ishtiroki va badal miqdori, olinadigan foydaning taqsimlanishi hamda Sh. tugatilganda mulkning oʻzaro taqsimlanishi, boshqarishda ishtirok etish huquqlari belgilab qoʻyiladi. Sh. mulki hamisha Sh. aʼzolarining hissaviy badallari negizida shakllanadi.

Mulkni barpo etish tamoyili Sh. turiga bogʻliq. Muassislik shartnomasi va ustav shahrining taʼsis hujjatlari hisoblanadi. Uzbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar xoʻjalik hayotida shahrining toʻliq Sh., kommandit (aralash) Sh. turlari koʻproq tarqalgan. Toʻliq Sh. xoʻjaliklarda yakka shaxslar yoki tadbirkorlar, tijorat tashkilotlari taʼsis shartnomasida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish uchun oʻz faoliyati va kapitallari bilan ishtirok etadilar. Sh. majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli jami molmulk bilan birdamlikda javob beradilar. Ishtirokchilarning har biri boshqa huquqlar bilan bir qatorda korxonani boshqarishda ishtirok etadi va har bir shaxs bir ovozga ega boʻladi, har bir ishtirokchi faqat birgina toʻliq shahriga aʼzo boʻlishi mumkin. Mas, 90-yillarning 2-yarmidan boshlab Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida sobiq kolxozlar — jamoa xoʻjaliklari yopiq Sh. xoʻjaliklari — paychilar xoʻjaligi shakliga oʻtkazila boshladi va 1,4 mln.dan ortiq dehqonlar shahridagi pay mulki egalariga aylandi (2004). Kommandit Sh. aʼzolari Sh. majburiyatlari boʻyicha oʻzining jami molmulki bilan javob beradigan bir yoki undan ortiq ishtirokchilar bilan bir qatorda javobgarligi qoʻshgan ulushi miqdori doirasida cheklanadigan bir yoki bir nechta qatnashchi (kommanditchi)lardan tashkil topadi.

shahrining tugatilishi xoʻjalik Sh.lari haqidagi qonunlarda va shahrining taʼsis shartnomasida koʻzda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

Rasulmat Husanov.







This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek