Sherobod

Sherobod
shahar
39°40′01″N 67°0′10″E / 39.66694°N 67.00278°E / 39.66694; 67.00278 G OKoordinatalari: 39°40′01″N 67°0′10″E / 39.66694°N 67.00278°E / 39.66694; 67.00278 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Sherobod tumani
Aholisi
24 200
Vaqt mintaqasi UTC+5
Sherobod xaritada
Sherobod
Sherobod

Sherobod — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi shahar (1973-yildan), tuman markazi. Sheroboddaryoning oʻng sohilida joylashgan. Katta Oʻzbekiston trakti yoqasida. Termizdan 59 km, yaqin temir yoʻl stansiyasi — Navshahar (42 km). Aholisi 24,2 ming kishi (2000). Sh. ikki ming yildan ziyod tarixga ega. U Shahri Xaybar deb atalib, makedoniyalik Aleksandr davrida ham mavjud boʻlgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Sh. yonidagi Jondavlattepa mil. av. 6—5-asrlarga, shahrining shim. chekkasidagi Kofirqalʼa shahar xarobasi (maydoni 14 ga) mil. 1-asrga oid, uning arkida oʻrta asrlarda ham hayot davom etgan. shahridan 1 km shim.da, Nondahana darasi yonida mustahkam mudofaa devori bilan oʻralgan manzilgoh joylashgan, u muhim savdo yoʻlini qoʻriqlash maqsadida bunyod etilgan. V. V. Bartoldning taxminicha, Sh. hozirgi nomini 18-asr boshlarida olgan boʻlib, Sheroboddaryoning oʻng sohilida qalʼa qurgan oʻzbeklarning qoʻngʻirot qabilasi hukmdori Sher Ali nomi bilan atalgan. Mahalliy rivoyatga koʻra, „SH.“ atamasi „Shorabot“ — bosh rabot, bosh bekat maʼnosini bildiradi. Sh. yonida Termiz yoʻlidagi soʻnggi bekat — Roziq raboti (10-asr) bino boʻlgan. Sheroboddaryo oqib keladigan togʻ darasi yoqalab oʻrta asrlarda Turkistonni Afgʻoniston va Hindiston bilan bogʻlovchi muhim savdo yoʻli oʻtgan. 19—20-asr boshlarida Sh. Buxoro amirligiga qarashli beklik markazi boʻlgan.

Shaharda bir qancha aksiyadorlik jamiyati, paxta tozalash, gʻisht, sut, un mahsulotlari, keramika zdlari, kichik korxona va xususiy firmalar, qurilish va transport korxonalari, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa maktablari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, madaniyat va istirohat bogʻi mavjud. Sport majmuasi, stadion, sport zallari va maydonchalari, markaziy kasalxona va uning boʻlimlari, tugʻruqxona, poliklinika, dorixonalar, ayollar va bolalar konsultatsiyasi faoliyat koʻrsatadi. shahridan Qumqoʻrgʻon, Angor, Termiz va boshqalar shahar va aholi punktlariga avtobuslar qatnaydi.

Sayfullo Tursunov.