Ronald Coase

KOUZ (Coase) Ronald (1910.29.12, Uilsden, Buyuk Britaniya - 2013) — amerikalik iqtisodchi. London iqtisodiyot maktabini tugatgan (1932). Virginiya universiteti (1951—64) va Chikago universiteti (1964—82) professor Chikago universitetining faxriy professor (1982-yildan), "Huquq va iqtisodiyot" jurnal muharriri (1964—82). K. iqtisodiyotning muassasaviy tarkibi tushunchasi mohiyatini va uning amal qilish mexanizmini ochib bergan, mulkchilik huquqi muammolarini tadqiq qilgan. Tarmoqni tashqil qilishni transaksion harajatlar nuqtai nazaridan oʻrgandi. Nobel mukofoti laureati (1991).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil