Quruqlik

QuruqlikYer yuzasining dengiz va okeanlardan xoli boʻlgan qismi. Maydoni 149,1 million km2, butun yer yuzining 29,22% ni tashkil etadi. Quruqlik materik (Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Yevrosiyo, Antarktida, Avstraliya), orol va yarim orollardan iborat boʻlib, Yer sharida notekis taqsimlangan. Shimoliy yarimsharda quruqlik 39% boʻlsa, Janubiy yarimsharda 19%. Gʻarbiy yarimsharning koʻp qismi suv, Sharqiy yarimsharning katta qismi esa quruqlikdan iborat. Materiklarning dengiz tagida davom etgan va chuqurligi 200 m gacha boʻlgan qismlari ham quruqlillarga kiritiladi. Chunki ularning tektonik tuzilishi Q.nikiga oʻxshaydi. Quruqlik abadiy emas, Yer poʻstining asta-sekin pasayib borishi natijasida dengiz ostiga tushishi yoki asta koʻtarilib dengiz hududlari quruqlikka aylanishi mumkin. Mas, Oʻrta Osiyo hududi paleozoy erasi boshlarida dengiz ostida boʻlgan va 20 million yil ilgari quruqlikka aylangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]