Qasos surasi

Ankabut    28–sura   Naml
Qasos surasi — سورة القصص
Qurʼon nusxalaridan biridagi Qasos surasi sarlavhasi. Yuqorida oʻngdan: 1. Oyati 88, 2. Markazda qizil rangda sura tartib raqami 28, qora rangda - Qasos surasi va Makkiy, qizil rangda nozil boʻlgan tartibi - 49, 3. Rukuʼsi soni - 9; Pastda oʻngdan: 1. Sura:Makkiy, 2. Tilovat tartibi:28, 3. Nozil boʻlish tartibi:49, 4. Rukuʼsi:9, 5. Oyati:88, 6. Porasi (Juzi):20 deb koʻrsatilgan.

Suraning arabcha matni
Nomining maʼnosi Qissa[1][2]
Tasnifi Makkiy sura[3]
Statistika
Sahifasi 385–396[4]
Juz 20
Sura raqami 28
Oyatlar soni 88
Sajda oyati yoʻq
Rukuʼlar soni 9[5]
Muqattaot harflari To, sin, mim.[6]
Nozil boʻlish tartibi 49[7]

Arabcha matni ar.wikisource.orgda
tanzil.netda
Tarjimalari QuranAcademy.org
quran.uzda
Tilovat tartibi
Ankabut surasi  Keyingisi 28 Oldingisi  Naml surasi
Nozil boʻlish tartibi
Isro surasi   Keyingisi 49 Oldingisi  Naml surasi
                                   

Qasos surasi (arabcha: سورة القصص, nomining maʼnosi — Qissa[8][9]) — Qurʼonning 28-surasi. Makkiy suralardan biri, 88 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 385–396[10]-sahifasida va 20-juzida joylashgan. 49-boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sura oʻz maʼno-mohiyati eʼtibori bilan «Shuaro» va «Naml» suralarining davomidir.

Bu surada insonlar ibrat olishlari uchun ikki zolim kimsaning qilgan kirdikorlari va topgan oqibat-halokatlari haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri qoʻl ostidagi hukmu-saltanat sababli oʻzidan ketib, hatto oʻzini xudo deb atashgacha borib yetgan zolim va mustabid podshoh Firʼavn boʻlsa, ikkinchisi topgan molu-davlatiga mast boʻlib, dinu-diyonatni unutgan Qorundir, Qurʼon ulardan birini suv, ikkinchisini esa yer yutgani haqida xabar beradi.

Bu surada Alloh taoloning suyukli paygʻambarlaridan Muso alayhis-salomning tugʻilishlaridan tortib, qanday paygʻambar boʻlganlari va koʻrgach-kechirgan ibratli sarguzashtlari boshqa suralarga nisbatan mufassal va mukammal soʻylangani sababli uni «Qasas-Qissa» deb atalgandir. Sura ikki dunyo saodati boʻlmish iymon-eʼtiqodga daʼvat qilish bilan xotimalanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  2. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  3. Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
  4. 604 sahifali Qurʼonda.
  5. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  6. Qurʼondan koʻrilgan.
  7. Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
  8. Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
  9. Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
  10. 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Ankabut surasi 28-sura — arabcha matni Oldingisi: Naml surasi