Oʻzbekiston tillari

Oʻzbekistondagi tillar
Mamlakatlar Oʻzbekiston
Rasmiylik holati oʻzbek tili
Til kodlari

Hozirgi Oʻzbekiston hududida qadimdan turli tillar oilasiga mansub til va lahjalar amalda boʻlgan. Qadimda bu hududlarda sak-massaget tillari muomalada boʻlgan. Keyinchalik bu hududlarda toxar tillari, baqtriya, qadimgi xorazmiy hamda sugʻd tili, qadimgi turk tili keng tarqalgan.

Islom dini yoyilgach, arab va fors tillari mintaqada oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Shundan soʻng mintaqada yaratilgan aksariyat tarixiy manbalar arab yoki fors tili (baʼzan eski oʻzbek tili)da bitila boshladi. Bu holat to Chor Rossiyasigacha davom etdi.

Oʻzbekistonning lingvistik tasviri XX asrdagi siyosiy va tarixiy jarayonlar natijasida yuzaga kelgan bir qator oʻziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Mamlakatda oʻzbek tili ustunlik qiladi. Oʻzbek tilida aholining 80% ga yaqini (asosan etnik oʻzbeklar) soʻzlashadi. Aholining qolgan 20% oʻnlab boshqa tillarni oʻz ona tili deb biladi. Oʻzbek tilidan keyin eng keng tarqalgan tillardan biri rus tilidir. Shuningdek, u koʻpincha respublikaning rus boʻlmagan aholisi uchun ikkinchi, uchinchi va/yoki chet tili vazifasini oʻtaydi[1]. Respublikaning bu ikki eng muhim tillarining maqomi XX-XXI asrlar davomida oʻzgardi.

Tasniflash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamlakat tillarining aksariyati ikki yirik til jamoalariga tegishli: Oltoy tillari oilasining turkiy tillar tarmogʻi ham hind-yevropa tillari oilasi. Turkiy guruhga oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq, turkman, uygʻur, qirgʻiz va ozarbayjon tillari kiradi, bu tillarda respublika aholisining 85% dan ortigʻi soʻzlashadi. Hind-yevropa tillaridan eng keng tarqalgani rus va tojik tillaridir; soʻnggi paytlarda ingliz tili ham qoʻllanilmoqda va keng rivojlanmoqda (albatta, chet tili sifatida).

Rus tilining mavqei[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston SSRda yetakchi tillar – oʻzbek va rus tillari teng rasmiy maqomga ega edi. Biroq, har ikkala tilni bilishning haqiqiy darajasi aholining turli guruhlarida farq qilardi. Shunday qilib, rus aholisining koʻpchiligi oʻzbek tilini yaxshi bilmagan. Oʻzbeklar orasida shaharliklar qishloq aholisiga qaraganda rus tilida ancha yaxshi soʻzlashishgan. Umuman olganda, mamlakatda rus tilini bilishning umumiy darajasi qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻizistonga qaraganda bir oz past boʻlgan va shunday boʻlib qolmoqda, lekin Turkmaniston va Tojikistondan yuqori koʻrsatkichda ekanligini alohida taʼkidlab oʻtish joiz. 1977-yilgi SSSR Konstitutsiyasida davlat tili haqidagi band yoʻqligidan foydalanib, 1989-yil oktabr oyida Oʻzbekiston SSR hukumati oʻzbek tilini davlat tili deb eʼlon qildi[2]. Shu bilan birga, rus tiliga millatlararo muloqot tili maqomi berildi, u 1995-yil 21-dekabrgacha rasman saqlanib qoldi[3]. Shunga qaramay, respublika hududida rus va boshqa tillardagi davlat ta’lim muassasalari tarmogʻi saqlanib qolgan va faoliyat koʻrsatishda davom etmoqda. Bugungi kunda Oʻzbekistonda rus tilidagi koʻplab gazeta va jurnallar, shuningdek, ta’lim rus tilida olib boriladigan 848 maktabda jami 581881 nafar oʻquvchi mavjud[4]. Shu bilan birga, 2012-yil 1-noyabrdan boshlab respublika Adliya vazirligining buyrugʻi bilan FHDYo organlarida hujjatlarni rasmiylashtirishda rus tilidan foydalanishga yana ruxsat berildi. De-fakto, rus tili hatto rasmiy hujjatlar va hisobotlarda ham keng tarqalgan va oʻzbek tili bilan bir qatorda mamlakatning amaldagi rasmiy tili hisoblanadi[5]. Biroq Oʻzbekiston rus tilining rolini kamaytirish orqali Rossiya ta’sirini cheklashga urinishlar boʻyicha Markaziy Osiyoda ikkinchi oʻrinda turadi. Oʻzbekiston hukumati 1990-yillarning oʻrtalarida konstitutsiyadan rus tili haqidagi bandni olib tashlagan edi[6].

Mintaqaviy tillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butun mamlakat boʻylab davlat tili boʻlgan oʻzbek tilidan tashqari, qator viloyatlarda boshqa tillar ham qoʻllaniladi. Xususan, Qoraqalpogʻiston avtonom respublikasi hududida qoraqalpoq tili ham rasmiy til hisoblanadi. Har tomondan Qirgʻiziston Respublikasi hududi bilan oʻralgan Fargʻona viloyatining Soʻx tumanida aholining 99,4 foizini (58 mingga yaqin kishi) etnik tojiklar tashkil etadi. Viloyat markazi Soʻxda tojik tilida haftalik “Sadoyi Soʻx” gazetasi nashr etiladi. Tumanda ta’lim tojik tilida olib boriladigan 24 maktab, 2 litsey va 2 kollej mavjud. Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Namangan va boshqa tojik aholisi koʻproq boʻlgan viloyatlarda ommaviy axborot vositalari, maktablar, litseylar, kollejlar va oliy oʻquv yurtlari filiallari tojik tilida faoliyat yuritadi. Toshkent va Navoiy viloyatlarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ta’lim qozoq tilida olib boriladigan maktablar va oliy oʻquv yurtlarining boʻlimlari mavjud. Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasida ta’lim turkman tilida olib boriladigan maktablar mavjud. Oʻzbekistonda jami 848 rus, 417 qozoq, 377 qoraqalpoq, 256 tojik, 60 qirgʻiz, 43 turkman maktablari mavjud[7].

Qoʻllash doirasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston tillari anʼanaviy ravishda qoʻllanish sohasiga qarab oʻzining funksionallik darajasi bilan farqlanadi. Shunday qilib, rus tilining kundalik, oila davrasida hamda biznes aloqalari tili sifatidagi ulushi uni ona tili deb biladiganlar ulushidan sezilarli darajada oshadi. Boshqa tomondan, respublikaning boshqa bir qator ozchilik tillari (tojik, qozoq, qoraqalpoq va boshqalar) deyarli faqat oila ichidagi muloqotda qoʻllaniladi va biznes va jamoat sohalarida kam namoyon boʻladi[8].

Oʻzbekiston fuqaroligi uchun qonuniy til talablari yoʻq[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Узбекистан: В Ташкенте прошли очередные «Виноградовские чтения» — Фергана — международное агентство новостей“.
  2. „Русский язык в Центральной Азии — Русское единство“.
  3. „Статус русского языка в странах бывшего СССР. Справка. » Фито Центр“. 2014-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2014-07-11 sanasida arxivlangan)
  4. „Uzedu.Uz / ОСНОВНЫЕ ПОКАЗАТЕЛИ / 2012 - 2013 учебный год“. 2015-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2015-02-08 sanasida arxivlangan)
  5. „Lenta.ru: Узбекским ЗАГСам разрешили использовать русский язык“.
  6. „Д.Э. Летняков, “Роль русского языка в постсоветской Центральной Азии”, Полития 4 (79): 2015,“.
  7. arxiv nusxasi, 2015-02-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-10-31
  8. „Russkie.org - Русский язык в Узбекистане -Русское зарубежье, российские соотечественники, русские за границей, русские за рубежом, соотечественники, русскоязычное население, р …“ (deadlink). 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-yanvar.
  9. http://factsanddetails.com/central-asia/Uzbekistan/sub8_3d/entry-4699.html