Muhammadqodir Abdullayev

Muhammadqodir Abdullayev
Statistikasi
Asl ismi Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev
Laqabi Rock
Vazni Oʻrta vazn
Boʻyi 6 ft 2.5 in (1.89 m)
Millati Oʻzbek
Tavalludi 15-noyabr 1973-yil (1973-11-15) (50 yosh)
Andijon, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Muhammadqodir Mamatqulovich Abdullayev — 1973-yil 15-noyabrda dunyoga kelgan Andijonlikbokschi, 63,5 kg vazn bilan Olimpiada va jahon chempioni boʻlgan. Oʻzbekiston chempioni (1993, 1996—98), xalqaro toifadagi sport ustasi (1998). Andijon davlat universiteti talabasi (2000). Abdullayev bir necha xalqaro turnirlarning gʻolibi (1994, Turkiya; 1997, Eron; 1999, Fransiya). Markaziy Osiyo oʻyinlarida 1995-yil — 2 oʻrin, 1997-yil — 1-oʻrin, 13-Osiyo oʻyinlari (Tailand, 1998)da 1-oʻrin; Osiyoning 2 karra chempioni (1997, 1999). 1999-yil AQShning Xyuston shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatining , 2000-yil Sidneyda oʻtkazilgan 27-yozgi Olimpiya oʻyinlarining oltin medali bilan taqdirlangan. Qirol kubogi (1998, Tailand) hamda Jahon kubogi (1998, Xitoy) musobaqalarida eng yaxshi bokschi deb tan olingan. „Shuhrat“ medali (1995), „El-yurt hurmati“ ordeni (1999) bilan mukofotlangan.[1]

Jang natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1996-yilgi Atlanta Olimpiadasida O‘zbekiston vakili (yengil vazn toifasida) sifatida kurashib, Terrance Cauthenga (AQSh) 6-18 hisobida magʻlub boʻldi. 2000-yil Sidney Olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini himoya qildi (yengil oʻrta vaznda) va oltin medalni qoʻlga kiritdi. 1993-yil Finlandiyaning Tampere shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisiga aylandi. Chempionatda Enrike Karrionga (Kuba) yutqazdi. 1997-yil Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionati ishtirokchisi sifatida yengil vazn toifasida qatnashdi. Chempionatda Mett Zeganga (Polsha) 3-10 hisobida magʻlub boʻlgan.

1999-yil Xyustonda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yengil yarim oʻrta vazn toifasida ushtirok etib, oltin medali sohibiga aylandi. Oydin Gasanovni (Rossiya) 10:6 hisobida mag‘lub etdi, Rikardo Williamsni (AQSh) 11:4 hisobida yengdi.

1995-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionligi yengil vazn toifasida kumush medal sohibiga aylandi. 1997-yil Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatining yengil vazn toifasida oltin medal sovrindori boʻldi. 1998-yil Xitoyning Chongqing shahrida boʻlib oʻtgan jahon chempionati oltin medali sohibi, 1998-yil Bangkokda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlari oltin medali sohibi boʻldi. 1999-yil Toshkentda boʻlib oʻtgan yengil toifadagi Osiyo chempionatining oltin medalini qoʻlga kiritdi[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „O‘zbekiston iftixori“[3].
  2. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi (2000)
  3. „El-yurt xurmati“ ordeni
  4. „Shuhrat“ medali[4]

Boks natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jang Sana Raqib Xakam Jang joyi Raundlar Natija Qoʻshimcha maʼlumotlar
1 26-noyabr 2005 Ukraina bayrogʻi Ukraina Andriy Kotelnik Xaynrix Mexmert Wilhelm-Dopatka-Halle, Leverkusen, Shimoliy Reyn-Vestfaliya, Germaniya 12 Magʻlubiyat Glen Feldman 112—116
Xuan Manuel Garsiya 112—116
Jan-Fransis Tupin 112—117
2 11-iyun 2005 Migel Kotto Djonni Kallas Nyu-York, 12 Magʻlubiyat TKO9
3 15-fevral 2005 Argentina bayrogʻi Argentina Xuan Alberto Godoy Yoaxim Yakobsen Shtutgart, Baden-Vyurtemberg, Germaniya 12 Gʻalaba KO3
4 10-aprel 2004 AQSH bayrogʻi AQSh Jessi Felisiano Kenni Beyless Nevada AQSh 12 Gʻalaba TKO8
5 17-fevral 2004 Venesuela bayrogʻi Venesuela Richard Reyna Germaniya 10 Gʻalaba DSK9
6 15-noyabr 2003 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya Maryan Leondraliu Bavariya, Germaniya 6 Gʻalaba TKO4
7 3-iyun 2003 Gaiti bayrogʻi Gaiti Emmanuel Klottey Mayk Ortega Uncasville, AQSh 10 Magʻlubiyat KO10
8 4-aprel 2002 AQSH bayrogʻi AQSh Xoel Salas Toni Uiks Nevada AQSh 10 Gʻalaba DSK9
9 10-mart 2002 AQSH bayrogʻi AQSh Hesus Abel Santiago Robert Byord Nevada AQSh 6 Gʻalaba KO4
10 3-mart 2001 Meksika bayrogʻi Meksika Migel Angel Ruis Nevada AQSh 8 Gʻalaba TKO5
11 21-sentabr 2001 Filippin bayrogʻi Filippin Ray Pelonia Toshkent, Oʻzbekiston 12 Gʻalaba TKO2
12 1-iyun 2001 AQSH bayrogʻi AQSh Daaniel Felix Orlean, Las-Vegas, Nevada, AQSh 6 Gʻalaba TKO5
13 27-aprel 2001 Meksika bayrogʻi Meksika Louis Rouis Caesars Tahoe, Sightline, Nevada, AQSh 4 Gʻalaba TKO1
14 6-aprel 2001 AQSH bayrogʻi AQSh Vashington Texas Station kazino, Las-Vegas, Nevada, AQSh 4 Gʻalaba 40-36
40-36
40-36

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Muhammad Abdullaev, Olympic Games Results“. Qaraldi: 2023-yil 6-iyun.
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1998 года № УП-2074 «О награждении в связи с семилетием независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просветительства, средств массовой информации и социальной сферы
  4. Указ Президента Республики Узбекистан от 25 avgust 2000 года № УП-2704 «О награждении в связи с девятой годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, здравоохранения, культуры, просвещения, средств массовой информации и общественных сфер