Muborak

Muborak
shahar
39°15′35″N 65°9′21″E / 39.25972°N 65.15583°E / 39.25972; 65.15583 G OKoordinatalari: 39°15′35″N 65°9′21″E / 39.25972°N 65.15583°E / 39.25972; 65.15583 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Muborak tumani
Aholisi
23 800
Vaqt mintaqasi UTC+5
Muborak xaritada
Muborak
Muborak

Muborak — Oʻzbekiston respublikasining Qashqadaryo viloyatida joylashgan shahar. Muborak muhim gaz va neft shahridir. Shahar Muborak tumanining markazi hisoblanadi. Muborak shahri Qashqadaryo viloyatining markazi Qarshi shahridan 78 km masofada joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborak 1974-yildan beri shahar hisoblanib keladi. Baʼzi mahalliy rivoyatlarga koʻra, „Muborak“ nomi Imom Buxoriyning ustozlaridan biri deb sanalgan Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziyga atab barpo qilingan „Xoʻjamuborak“ qishlogʻi nomidan olingan.

Demografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborakning aholisi 31 455 kishidir.[1] 2002-yil aholi soni 28 300 kishi boʻlgan.[2] Muborakda asosan oʻzbeklar yashaydi. Shuningdek, tojik, rus, turkman, ukrain, ozarbayjon va boshqa millat vakillari ham bor.

Iqtisodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborak muhim gaz va neft shahridir.[3] Muborak yaqinida Muborak gazkondensat koni joylashgan.

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborakda tuman hokimiyati binosi, gazni qayta ishlash zavodi, „Muborakneftgaz“ korxonasi, bosmaxona, toʻrt avtokorxona, oʻn qurilish taʼmirlash korxonasi, dehqon bozori, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, maktabgacha tarbiya muassasalari, sanoat kasb-hunar, tibbiyot, pedagogika-iqtisodiyot kollejlari, kasb-hunar maktabi, telemarkaz, kutubxona, klub, stadion, yoshlar sport majmuasi, tennis korti, madaniyat va istirohat bogʻi, markaziy kasalxona va boshqa tibbiy muassasalar mavjud. Shaharda suv bilan davolash fizioterapiya shifoxonalari faoliyat koʻrsatadi.

Transporti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muborak Qarshi—Buxoro temir yoʻlidagi stansiyadir. U yerga KitobQarshiBuxoro poyezdi qatnaydi. Shuningdek Muborakdan Koson, Qarshi, Buxoro yoʻnalishlari boʻyicha avtobuslar qatnaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oʻzbekiston: Eng katta shaharlar va ularning aholisi (isp.). World Gazetteer. 2012-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may. (WebCite saytida 2012-07-14 sanasida arxivlangan)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Uzbekneftgaz“ boʻyicha qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 30-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]