Mozandaronlar

Mozandaronlar - Eron (Mozandaron ostoni)dagi xalq. 2,2 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Eron til guruhiga mansub tilda soʻzlashadi. Dindorlari — shia musulmonlar. Togʻliq tumanlarda qabilaviy odatlar saqlangan. Yirik qabilalari: kadikulohi, palani. Hozirgi forslarga singib ketmoqda. Dehqonchilik (sholi, bugdoy), chorvachilik (qoʻy, echki) bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil