Mirzayusuf Rustamboyev

Mirzayusuf Hakimovich Rustamboyev
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi
Mansab davri
2021-yildan[1]
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
 Toshkent davlat yuridik instituti rektori
Mansab davri
2001-yildan – 2012-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Halimboy Boboyev
Vorisi Omonulla Muhammadjonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-oktyabr 1953-yil (1953-10-15) (70 yosh)
Jambul (viloyat)
Mukofotlari 2-darajali Shon-sharaf ordeni
Unvoni Polkovnik

RUSTАMBАEV MIRZАYuSUP XАKIMOVICh – Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʼi polkovnik, yuridik fanlar doktori, professor, Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist. Oʼzbekistonda va xorijda ilmiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilgan huquqshunos olim, mustaqil Oʼzbekistonning «Jinoyat huquqi» yoʼnalishi ilmiy maktabi asoschisi.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rustambaev Mirzayusup Xakimovich 1953 yil 15 oktyabrda Qozogʼistonning Jambul shahrida tugʼilgan. Maʼlumoti oliy. 1979 yilda Toshkent davlat universitetini imtiyozli tamomlab, ushbu universitetning huquqshunoslik fakulьtetida, keyinchalik Toshkent yuridik instituti jinoyat huquqi kafedrasida oʼqituvchilik lavozimidan to Institut rektorligigacha boʼlgan lavozimlarda uzoq yillar faoliyat yuritgan.

1983 yilda “Oʼqotar qurolga qonunga xilof ravishda egalik qilish va uni qoʼllashga qarshi kurashning jinoyat-huquqiy va kriminologik muammolari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 1993 yilda esa “Fuqarolarning jismoniy daxlsizligi va sogʼligʼini jinoiy-huquqiy vositalar yordamida muhofaza qilishning ijtimoiy-huquqiy zarurati (jinoyat-huquqiy, kriminologik va viktimologik jihatlari)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

M.X.Rustambaevga 1988 yilda Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan “dotsent” ilmiy unvoni, 1994 yilda esa “professor” ilmiy unvonlari berilgan.

M.X.Rustambaevning milliy fandagi hissasi davlat tomonidan munosib taqdirlanib, olimga 2002 yilda “Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist” faxriy unvoni berilgan.

Shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi Farmoniga binoan “Mehr-saxovat” koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Qolaversa, M.X.Rustambaev mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yuksaltirish, Vatanimiz mustaqilligi, davlat xavfsizligi va chegaralarimiz daxlsizligini koʼz qorachigʼidek asrash, professional milliy armiyani shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirishdagi katta xizmatlari, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli faoliyati, sharafli va muqaddas burchini bajarishda mardlik va jasorat koʼrsatgani, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yuqori mahoratga ega kadrlarni tayyorlashga qoʼshgan munosib hissasi uchun Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 yanvardagi Farmoni bilan II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan mukofotlangan.

Jamoat ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

M.X.Rustambaev 2004-2009 yillar Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʼmitasi” raisining oʼrinbosari;

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishining huquqiy asoslarini takomillashtirish boʼyicha Kengash raisining oʼrinbosari, Oʼzbekiston Respublikasida afv etish boʼyicha komissiya raisi (11.10.2004);

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 24 oktyabrdagi farmoyishiga koʼra “Yuridik terminlarning izohli lugʼati”ni tayyorlash boʼyicha tashkiliy komissiya raisi, Toshkent shahar fuqarolar yigʼini raislari (oqsoqoli) va ularning maslahatchilarini saylovini tashkillashtirish va oʼtkazish boʼyicha Komissiya raisi (2006 yil);

“Аndijon voqealari” boʼyicha mustaqil parlament komissiyasi aʼzosi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Federatsiya Maslahati oʼrtasida oʼzaro hamkorlik masalalari boʼyicha komissiya aʼzosi (10.08.2006);

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan 2004, 2005 va 2006 yillarda Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kunini keng nishonlashga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish boʼyicha Respublika tashkiliy qoʼmita aʼzosi, Koreya Respublikasi Milliy Аssambleyasi bilan oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh aʼzosi (11.04.2006);

Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qoʼmitasi aʼzosi (Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yildagi Qarori);

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan, texnika, adabiyot va sanʼat sohasida Davlat mukofotlari boʼyicha Kengash aʼzosi (Vazirlar Mahkamasining 08.08.2006 yildagi Qarori);

Oʼzbekiston Respublikasida fan va texnologiyani rivojlantirishni muvofiqlashtirish boʼyicha “Huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirish, bozor iqtisodiyotining huquqiy asoslarini mustahkamlash” Qoʼmita sektsiyasi raisi (Qoʼmitaning 17.01.2007 yildagi Qarori);

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudining ilmiy-maslahat Kengashining aʼzosi (1991-2012 yillar, 2019 yildan hozirga qadar);

Vazirlar Mahkamasi qoshidagi OАK ekspert kengashi aʼzosi;

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019 yil 10 may kunidagi qarori bilan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashining aʼzosi;

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Kengashining 2022 yil 20 maydagi 2122-IV/QQ-347- IV-sonli Qoʼshma qarori bilan professor M.Rustambaev “Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsisiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʼyicha Konstitutsiyaviy komissiya aʼzosi etib belgilandi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻgʻli Sardor Rustamboyev – diplomat, siyosiy fanlar nomzodi. 2018-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Fransiya va Portugaliyadagi, 2024-yildan Hindistondagi elchisi[2].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist faxriy unvoni berilgan[3]

2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi[4].

2022-yilda 2-darajali „Shon-sharaf“ ordeni bilan taqdirlangan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]