Mintaqa

Mintaqa — Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer po'sti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. Mintaqa shartli boʻlishi (mas, soat mintaqalari) yoki bir va yoki bir necha belgilari (mas, vulkan, tektonik, issiqlik mintaqalari) bilan farq qilishi mumkin. Tabiiy geofafiyada mintaqa — yuqori zonal taksonomik geografik birlik (qarang Geografik zona).

mintaqa tabiatga taʼsir etuvchi asosiy omillarning qonuniy oʻzgarishi oqibatida hosil boʻladi. Masalan, Quyoshdan keladigan radiatsiya ekvatordan shimol va janub tomonlarga kamaya borishidan issiqlik mintaqalari vujudga keladi. Kenglik mintaqalari bilan bir qatorda balandlik (vertikal) mintaqalari ham boʻladi (qarang Geografik mintaqa). Balandlikka koʻtarilgan sari havo temperaturasi, namligi, tiniqligi va bosimi oʻzgaradi. B. tabiat komplekslarini oʻzgarishiga olib keladi (qarang Balandlik mintaqalari).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil