Max Delbrück

DELBRYUK (Delbruck) Maks (1906.4.9, Berlin — 1981) — amerikalik fizik, genetik, virusolog; molekulyar biol. asoschilaridan biri. Millati nemis. 1937-yildan AQShda. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi akademik Falsafa doktori (1930). Asarlari atom fizikasi, viruslar mutagenezi va reproduksiyasiga oid. Bakteriofaglardagi rekombinatsiyani kashf etgan. Kimyoviy moddalar tuzilishining kvant nazariyasi masalalarini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1969, A. D. Xershi va S. E. Luriya bilan hamkorlikda)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil