Kulgi kuni

Kulgi kuni
Kulgi kuni
Kopengagenda kulgi kuni hazili (2001)
Boshqa nomlari Ahmoq kuni
Turi Xalqaro
Ahamiyati Mutoyiba
Sana 1-aprel

Kulgi kuni yoki Hazil kuni — aprel oyining birinchi kuni. Koʻp mamlakatlarda shu kuni odamlarni hazil qilib aldash udumga aylangan. AQShda hazil qurboni „aprel ahmogʻi“ („April fool“) deb ataladi.

Hazil kuni udumi qayerda boshlanganini hech kim bilmaydi.[1] Baʼzi tarixchilar bu odat Fransiyada boshlangan boʻlishi mumkin deb ishonadi. U yerda eski yangi yil bayrami 25-martdan 1-aprelgacha nishonlangan va odamlarning sovgʻa almashishi bilan yakunlangan. 1560-yillarning oʻrtalarida Qirol Charles IX yangi yilni 1-yanvarga surgan. Yangi yilni shundan keyin ham aprelda nishonlaganlar „aprel baliqlari“ deb atalgan va ularga hazil bilan masxaralab sovgʻalar yuborilgan.

Hazil kuni yana qadimiy Rim bahor festivali Hilariaga bogʻliq boʻlishi mumkin. Bu bayram Attis xudosining qayta tirilishini nishonlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "April Fools' Day,". World Book Encyclopedia. Chicago: World Book Encyclopedia. 2010. 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]