Kito

Wikipedia open wikipedia design.

KitoEkvadoriing poytaxti. Pichincha vulkanining janubiy yon bagʻrida, 2818 m balandlikda joylashgan. Pichincha provinsiyasining maʼmuriy markazi. Iqlimi ekvatorial, baland togʻ iqlimi. Oʻrtacha oylik temperatura 25°. Yillik yogʻin 1100–1200 mm. Aholisi 1,4 mln. kishi (1995).

K.ga indeyslarning qad. shaxri oʻrnida 1534 yilda ispan konkistadori S.Belalkasar asos solgan va oʻsha davrdan mustamlaka markazi boʻlgan. 1822 yildan Buyuk Kolumbiya tarkibida. 1830 yildan Ekvador Respublikasi poytaxti. K. 1797, 1859 yillardagi zilziladan katta zarar koʻrgan.

K. — mamlakatning siyosiy va iqtisodiy markazi. Transport yoʻli va shosse yoʻllar orqali And vodiysidagi eng yirik shaharlar va Tinch okean sohili bilan bogʻlangan. Panamerika shossesi K.ni Bogota (Kolumbiya) va Lima (Peru) shaharlari bilan bogʻlaydi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. K.da toʻqimachilik sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat, koʻn poyabzal, mebel, keramika, kimyo-farmatsevtika, mashinasozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda zargarlik va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Meʼmoriy yodgorliklardan Hukumat saroyi (1747), sobor, La-Kompaniya cherkovi, maydonlar va boshqa saqlangan. Markaziy va Katolik universitetlari, Politexnika maktabi, kollej, pedagogika instituti, Ekvador Fanlar akademiyasi, tibbiyot, musiqa, harbiy akademiyalar, ilmiy jamiyatlar, Milliy teatr, muzeylar, yirik kutubxo-nalar, rasadxona, botaniqa bogʻi va boshqa bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek