Kabisa yili

Wikipedia open wikipedia design.

Kabisa yil (arabcha: toʻliq) — oddiy yildan bir kun (fevral oyida) ortiq boʻlgan kalendar yil. Bunda 4 ga qoldiqsiz boʻlinadigan yil Kabisa yildir (faqat ikkita nol bilan tugab, 400 ga boʻlinmaydigan yil bundan mustasno. Masalan: 1700, 1800, 1900, 2100-yillar Kabisa yil emas). Yer bir yil davomida oʻz oʻqi atrofida 365 kun va 6 soat aylanadi. Shu sababdan har 4 yilda 6 soatni qoplash uchun fevral oyi 29 kun, bir yil esa 366 kun deb belgilangan.

Qadimgi Eronda yil 365 kunli (12 oy 30 kundan va yana qoʻshimcha 5 kun) boʻlib, har 120 yilda bitta qoʻshimcha oy kiritilgan. Umar Xayyom kalendarida har 33 yilning 8 yili (4, 8, 12, 16, 20, 24, 28 va 33-yillari) Kabisa yili hisoblanadi. Bunda har 4500 yilda bir sutkaga teng xato yigʻiladi. Bu esa hozir qoʻllaniladigan Grigoriy kalendaridan ham aniqroq (qarang Kalendar)[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Toshkent 2000-yil


This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

  • Oriflame Üyelik
  • Destek