Juan Ramón Jiménez

Juan Ramón Jiménez
Tavalludi 23-dekabr 1881[1][2][3][4]
Vafoti 29-may 1958[5][6][4]
Ijod qilgan tillari Ispan tili[6]
Fuqaroligi Ispaniya

Xuan Ramon Ximenes (24-dekabr 1881, Moger — 29-may 1958, San-Xuan, Puerto-Riko) — ispan shoiri. Ispan modernizmi boshlovchilaridan. Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Binafsha hidi“ (1900). „Qofiyalar“ (1902), „Gʻamgin kuylar“ (1903), „Olis bogʻlar“ (1904), „Pastorallar“ (1905) sheʼriy toʻplamlari, „Platero va men“ (1914) lirik qissasi modernizm usulida yozilgan. „Yoz“ ishqiy sheʼrlar toʻplami xotini — amerikalik shoira Zenobin Kamprubiga bagʻishlangan.

Ximenesning keyingi toʻplami „Shoir kuyov bolaning kundaligi“ (1917) oʻzining AQShga safari taassurotlari asosida yozilgan. Sheʼrlar ispan sheʼriyatida birinchi bor erkin usulda yozilgan. Keyingi 20 yil davomida ispan adabiy jurnallarida tanqidchi va muharrir boʻlib ishlagan, ijodida esa, oʻzi aytib yuradigan „mangulikka tashnalik“ni ifodalashga harakat qilgan. „Mangulik“ (1918) kitobida oldingi yozgan sheʼrlaridan voz kechib, „sof“ sheʼriyatga intilgan. „Tosh va osmon“ (1919), „Goʻzallik“ (1923) sheʼriy toʻplamlarida goʻzallik va oʻlim, ijod va ruh ozodligi orasidagi bogʻliqlik mushohada qilingan. „Yangi dunyo qoʻshiqlari yili“ (1923—1936) antologiyasida tabiatdagi hukmron muvofiqlik nozik his bilan aks ettirilgan. 1951-yil „Xudo — istalgan va istovchi“ poetik sikl ustida ishlagan. Toʻplam tugallanmagan, boshlagan sheʼrlarini boshqa bir toʻplamga qoʻshib yuborgan. Nobel mukofoti laureati (1956)[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]