John Steinbeck

John Steinbeck
Tavalludi 27-fevral 1902[1][2]
Vafoti 20-dekabr 1968[1][2]
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi AQSh

STEYNBEK (Steinbeck) Jon Ernst (1902.27.2, Salinas, Kaliforniya shtata — 1968.20.12, NyuYork) — amerika yozuvchisi. Ilk romani — "Oltin kosa" (1929). "TortilFlet kvartali" (1935) romani epizodlardan iborat boʻlib, unda materializmning gumanizmga salbiy taʼsirini koʻrsatishga harakat qilgan. "Va jangni boy berdilar" (1936) romani hamda "Sichqonlar va odamlar haqida" (1937) qissasi bilan tanilgan. "Nafrat uchquni" (1939) romani amerika adabiyetining mumtoz namunasi hisoblanadi. "Gʻazab shingillari" (1939), "Konservalar rastasi" (1945), "Adashgan avtobus" (1947), "Jannatdan sharqda" (1954), "Xavotirli qish" (1961) romani, "Amerikani izlash yoʻlida Charli bilan sayohat" (1962) ocherklar kitobi va boshqa asarlar muallifi. "Haybatli togʻlar" hikoyalar toʻplami oʻzbek tiliga tarjima qilingan (1963). Nobel mukofoti laureati (1962)[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil