Jacques Chirac

Wikipedia open wikipedia design.

Jacques Chirac
Jacques Chirac
Fransiya Prezidenti
1995-yildan — 2005-yilgacha
Oʻtmishdoshi: François Mitterrand
Vorisi: Nicolas Sarkozy
 
Tavalludi: 29-noyabr 1932-yil(1932-11-29)
Parij
Vafoti: 26-sentabr 2019-yil(2019-09-26)
(86 yoshda)
Parij

Jacques Chirac (talaffuzi: Jak Shirak; 1932. 29.11, Parij — 2019.26.9) — Fransiya davlat arbobi. Parij siyosiy tadqiqotlar instituti (1954) va Milliy boshqaruv maktabi (1959)ni tugatgan. 1959 yildan Davlat auditor palatasi auditori, 1962 yil apreldan hukumat apparatida, 1965 yildan Sen-Freol shahri kengashi aʼzosi, Milliy majlis deputati (1967 yildan). 1967 yildan Georges Pompidou hukumatida ijtimoiy masalalar, 1968 yildan iqtisodiy va moliya masalalari boʻyicha davlat kotibi, 1972 yildan qishloq xoʻjaligi va qishloq taraqqiyoti, 1974 yil ichki ishlar vaziri. Shirak 1960-yillardan Respublikani himoya qiluvchi demokratlar ittifoqi partiyasi aʼzosi, 1975 yildan faxriy bosh kotibi, 1976 yil partiya Respublikani qoʻllab-quvvatlash uyushmasiga aylangach, uning raisi. 1974 yil aprel — 1976 yil avgust va 1986 yil mart — 1988 yil mayda Fransiya bosh vaziri, 1977 yil martdan Parij shahri meri, 1995-yil maydan 2005-yilgacha Fransiya Respublikasi prezidenti boʻlgan[1][2].

Manbalar[tahrir]



This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek