Izomeriya

Izomeriya (izo... va yun. meros — qism, boʻlakcha) — tarkibi va moleku-lyar massasi bir xil boʻlib, tuzilishi, fizik hamda kimyoviy xossalari har xil birikmalar mavjudligi. Aso-san, organik birikmalarda uchraydi. Strukturaviy va fazoviy I. farq qilinadi. Strukturaviy I. molekulada atomlarning bogʻlanish tartibi bilan ajralib turadi. Turlari: 1) uglerod skeleta I.si — tarkibi va molekulyar massasi bir xil boʻlgan molekula skeletini hosil qiluvchi uglerod atomlari orasidagi bogʻlarning turli tartibiga bogʻliq, mas, pentanning 3 ta izomeri bor: normal pentan (I), izo-pentan (II) va tetrametilmetan (III).

Molekulada uglerod atomi soni ortib borgan sayin keyingi kelayotgan har bir uglevodorod uchun izomerlar soni ham ortib boraveradi. Geksan S6N]4 ning 5 ta izomeri maʼlum boʻlsa, dekan S10N22 ning 25 ta izomeri maʼlum va h.k.; 2) oʻrin I.si — bir xil uglerod skeletida vodorod bilan alma-shinuvchi atomlar, funksional guruhlar yoki qoʻsh bogʻlarning molekulada har xil joylashishi, mas, xlor almashgan propanlar: SN3—SN2—SN2S1 va SN3-SNS1-SN3; 1-buten SN3SN2SN = SN2 va 2-buten SN3SN= = SNSN3. Skelet I.si bilan oʻrin I.si bir vaqtning oʻzida uchrashi ham mumkin; 3) dinamik I.-tautomeriya — maʼlum sharoitda muvozanatda boʻlgan bir-biriga oson oʻtadigan ikki yoki undan ortiq izomer shaklning mavjudligi; 4) metameriyada koʻp valentli atom (kislorod, azot va b.)ga har xil tarkibli va turlicha tuzilgan radikallar bogʻlangan; mas, S4N|0O oddiy efirining ikkita izomeri maʼlum: SN3— O—SN2SN2SN3 (metilpropil efir), SN3SN2—O—SN2SN3 (dietil efir).

Optik I. molekulalarning asimmetrik joylashuvidan kelib chiqadi (qarang Stereokimyo).

Izomerlar kimyoviy tuzilishi har xil boʻlganidan fizik va kimyoviy xossalari bilan farq qiladi. Oddiy organik birikmalar, toʻyingan va toʻyinmagan uglevodorodlarning izomerlari, avvalo fizik xossalari (qaynash, su-yuqlanish tralari va b.) bilan farq qiladi, funksional guruhari bor murakkabroq organik birikmalarning izomerlari fizik xossalari bilan ham, kimyoviy xossalari bilan ham farq qiladi. Optik izomerlarning kimyoviy xossalari, shuningdek, polyarizatsiyalangan yorugʻlikni burish xossasidan bo-shqa deyarli hamma fizik xossalari bir xil.

I.ni ilk bor nemis kimyogarlari Yu. Libix va F. Vyoler kuzatgan (1823); bu terminni I. Berselius taklif etgan (1830). Kimyoviy tuzilish nazariyasi hali nomaʼlum izomerlar muvjudligini oldindan bilishga imkon ber-di, buni A. M. Butlerov isbot etdi (1864).

Ad: Slanina 3., Teoreticheskiye aspekti yavleniya izomerii v ximii, per. s chesh., M., 1984; Potapov V. M., Stereoximiya, M„ 1988.

Qudrat Axmerov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil