Husayn ibn Ali

Wikipedia open wikipedia design.

Husayn Ibn Ali (626-680) - Ali ibn Abu Tolibning (Fotimadan tugʻilgan) kichik oʻgʻli, Muhammad (sav) ning nabirasi, 3-shia imomi. 669 yilda Hasan vafot etgandan keyin Ali tarafdorlari uni oʻz rahbari deb eʼlon qilgan. 680 yil xalifa Muoviya oʻlgandan keyin Iroqda umaviylarga qarshi harakat faollashgan. H. Yazidga bayʼat qilishdan bosh tortgan. Kufa shialari H.ni oʻzlarining imomi deb tan olib, Kufaga taklif etgan va xalifa Yazidga qarshi qoʻzgʻolonga bosh boʻlishni soʻragan. H.Makkadan Kufaga joʻnaydi. 70 jangchisi bilan Kufaga yaqin Karbalo dashtiga yetib kelganida 4 ming kishilik xalifa Yazid qoʻshinlari unga qarshi chiqqan. 680 yil 10 oktabr kuni H. jangda shahid boʻlgan, jasadi oʻsha yerga dafn etilgan. Shu munosabat bilan Karbalo shialarning asosiy muqaddas ziyoratgohiga aylangan. H. halok boʻlgan sana shialarda motam kuni sifatida nishonlanadi (qarang Ashuro).





This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek