Hugh S. Johnson

Hugh Samuel Johnson

Johnson Time muqovasida
Tavalludi
Hugh Samuel Johnson

5-avgust 1882-yil
Vafoti 15-aprel 1942-yil(1942-04-15)
(59 yoshda)[1]
Washington, D.C., AQSh
Faoliyat yillari 1903–1919
Unvoni Brigadir general
Jonhson, Enoch Crowder va Roscoe S. Conkling Camp Uptonda 1917-yilda

Hugh Samuel Johnson (1882-yil 5-avgust – 1942-yil 15-aprel) Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi zobiti, biznesmen, notiq, hukumat amaldori va gazeta sharhlovchisi edi. U 1932-yildan 1934-yilgacha Franklin D. Rooseveltning Brain Trust aʼzosi boʻlgan. U FDR uchun koʻplab nutqlar yozgan va New Dealni rejalashtirishga yordam bergan. 1933-yilda National Recovery Administration(NRA) rahbari etib tayinlangandi. Schlesinger (1958) va Ohl (1985) fikricha, u yaxshi tashkilotchi boʻlishiga qaramay, u tengdoshlari bilan hamjihatlikda ishlay olmadi. U 1934-yil avgustda NRA ustidan nazoratni yoʻqotdi[2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Johnsonga Armiyadagi xizmatlari uchun berilgan medal

U 1882-yilda Fort Scott, Kansasda Samuel L. Va Elizabeth (née Mead) Johnson oilasida tugʻilgan[3][4].

Hughning otasi advokat boʻlib, u Wichita, Kansasdagi davlat maktabida tahsil olgan, keyinchalik oilasi bilan Oklahomaga koʻchib oʻtgan[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jonson 1899-yilda West Pointg safiga qoʻshildi[5][6] va 1903-yil 11-iyunda unga tarkibiga ikkinchi leytenant unvoni berildi[5][6]. 1907—1909-yillarda u Pampanga, Filippinda boʻlib, keyinchalik Kaliforniyaga koʻchadi[5][6]. Johnson 1919-yil 25-fevralda AQSH armiyasidan isteʼfoga chiqdi. U Provost Marshal muassasadagi xizmatlari va loyihani amalga oshirishdagi koʻrsatgan yordami uchun 1926-yil medal bilan taqdirlangan. Medaldagi rasmiy eʼtirofda shunday deyilgan:

1918-yil 9-iyuldagi Kongress qonuni bilan vakolat berilgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti polkovnik Hugh Samuel Jonhsonga Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasining alohida xizmatlari uchun medalini taqdim etdi. Birinchi jahon urushi davrida, qonun loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirishdagi sharafli va munosib xizmatlar uchun medal bilan taqdirlandi[7].

Johnson 1919-yil 1-sentabrda Moline Plow Company bosh direktorining yordamchisi etib tayinlandi. Moline Plow prezidenti George Peek va Johnson birgalikda taklif qilingan federal qonun asosida AQSh tarixidagi birinchi ferma narxlarni qoʻllab-quvvatlash uchun McNary-Haugen Farm Relief Billni tashkil qilishgan.

Arlington National Cemeterydagi Johnsonning qabri

Johnson 1933-yilda Time Johnsonni Yil kishisi deb eʼlon qilingan.

Shuningdek, Johnson bir qancha maqola va hikoyalar yozgan. Uning The Dam asari 1911-yilda yozilgan boʻlib, ilmiy fantastik asar hisoblanadi. Asarda Hikoyada Yaponiya Kaliforniyani bosib olishi va uni zabt etishi haqida hikoya qilinadi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

General Hugh S. Johnson 1942-yilning aprelida Vashingtonda pnevmoniyadan vafot etdi[1]. U Arlington National Cemetaryda dafn etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 "Hugh S. Johnson Dies in Capital, " New York Times, April 16, 1942.
  2. Schlesinger (1958) pp 105–6, 156; Ohl (1985)
  3. Hamby, For the Survival of Democracy: Franklin Roosevelt and the World Crisis of the 1930s, 2004, p. 144.
  4. 4,0 4,1 White, The National Cyclopaedia of American Biography, 1967, p. 5.
  5. 5,0 5,1 5,2 Cullum, Biographical Register of the Officers and Graduates…, 1920, p. 1044.
  6. 6,0 6,1 6,2 Howard, "Our Twenty-one Generals of Forty Years and Under, " New York Times, August 24, 1919.
  7. „Hugh Samuel Jonson uchun Valor mukofotlari“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]