Henri Bergson

Henri Bergson
Tavalludi 18-oktyabr 1859[1]
Vafoti 4-yanvar 1941[2][1]
Fuqaroligi Fransiya
Otasi Michał Bergson

Henri Bergson (18-oktabr 1859 – 4-yanvar 1941)— fransuz faylasufi, intuitivizm va hayot falsafasi namoyandasi. Kolledj de Frans professor (1900). Fransiya akademiyasi aʼzosi (1914). Bergson fikricha, haqiqiy va boshlangʻich reallik—metafizikkosmik jarayon, "hayotiy shiddat", ijodiy evolyutsiya sifatidagi hayotdir; u intellektga qaramaqarshi boʻlgan intuitsiya vositasi bilan erishiladigan "davomiylik"dan tarkib topgan; materiya, ong, xotira, ruh — "davomiylik"ning turli jihatlaridir. Bergson jamiyatdagi hukmronlikni va itoat qilishni "tabiiy" holat, urushni muqarrar suratda yuz beradigan "tabiat qonuni", deb hisobladi. Asosiy asarlari: "Ongning bevosita maʼlumotlari" (1889), "Materiya va zehn" (1896). "Ijodiy evolyutsiya" (1907), "Axlok va dinning ikki manbai" (1932). Nobel mukofoti laureati (1927)[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil