Hendrik Lorentz

Hendrik Lorentz
Tavalludi 18-iyul 1853-yil
Arnem, Niderlandlar
Vafoti 4-fevral 1928-yil
Harlem, Niderlandlar
Fuqaroligi Kingdom of the Netherlands
Mukofotlari Nobel mukofoti

Hendrik Antoon Lorentz, Xendrik Anton Lorens (1853.18.7, Arnem — 1928.4.2, Harlem) — golland nazariyotchi fizigi. Leyden universitetini tugatgan (1872), shu universitet professor (1878 - 1923), Harlemdagi Teylor instituti direktori (1923-yildan). Ilmiy ishlari nazariy fizikaga oid. J. K. Maksvellttt elektromagnit nazariyasiga asoslanib, elektron nazariyani yaratgan, koʻpgina elektr va optik hodisalarni, xususan, Zeyeman effektini tushuntirib bergan; yorugʻlik dispersiyasini, yorugʻlikning sinish koʻrsatkichi va qutublanuvchanligi orasidagi bogʻlanishni aniqlagan; elektromagnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga taʼsir etuvchi kuch (Lorents kuchi) ifodasini keltirib chiqargan; Lorentz — harakatdagi muhitlar elektrodinamikasi asoschisi. Nisbiylik nazariyasi asosida yotgan va uning nomi bilan ataladigan ko-ordinatalarni almashtirish (qarang Lorents almashtirishlari) ni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1902; Pieter Zeeman bilan hamkorlikda).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil