Global raqobatbardoshlik indeksi

2008—2009-yillardagi eng kuchli raqobatbardoshlik kuzatilgan davlatlar. Yashil – yuqori, qizil – past, kulrang – maʼlumot yoʻq.

Global raqobatbardoshlik indeksi – Xalqaro iqtisodiy forumning mamlakatlar boʻyicha raqobatbardoshlik darajasi hisobotidir.

Birinchi hisobot 1979-yilda nashr etilgan. 2004-yildan beri Global raqobatbardoshlik hisoboti mamlakatlarni Global raqobatbardoshlik indeksi asosida tartiblaydi. Raqobatbardoshlik indeksi mamlakatlarning oʻz fuqarolari uchun yuqori darajadagi farovonlikni taʼminlash qobiliyatini baholaydi. Bu, birinchi navbatda, mamlakat oʻz resurslaridan qanchalik samarali foydalanishiga bogʻliq. Shu bilan birga, erkin bozor sharoitida turmush darajasini saqlab qolish uchun, qoida tariqasida, mehnat unumdorligi va tovarlar/xizmatlar sifatini doimiy ravishda oshirish zarur.

Hisobotda raqobatbardoshlikning oʻn ikkita ustuni mavjud. Bular: muassasalar, Tegishli infratuzilma, Barqaror makroiqtisodiy asos, Yaxshi sogʻliqni saqlash va boshlangʻich taʼlim tizimi, Oliy taʼlim va malaka oshirish, Samarali tovar bozorlari, Samarali mehnat bozorlari, Rivojlangan moliyaviy bozorlar, Mavjud texnologiyalardan foydalanish qobiliyati, Bozor hajmi (ham ichki, ham xalqaro), Eng murakkab ishlab chiqarish jarayonlaridan foydalangan holda yangi va turli xil tovarlarni ishlab chiqarish, Innovatsiyalar.

2017–2018-yillardagi reyting[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017–2018-yillarda kuzatilgan raqobatbardoshlik reytingi[1].

  1.  Shveysariya 5.86 (—)
  2.  AQSh 5.85 (+1)
  3.  Singapur 5.71 (−1)
  4.  Niderlandiya 5.66 (—)
  5.  Germaniya 5.65 (—)
  6.  Gonkong 5.53 (+3)
  7.  Shvetsiya 5.52 (−1)
  8.  Buyuk Britaniya 5.51 (−1)
  9.  Yaponiya 5.49 (−1)
  10.  Finlandiya 5.49 (—)
  11.  Norvegiya 5.40 (—)
  12.  Daniya 5.39 (—)
  13.  Yangi Zelandiya 5.37 (—)
  14.  Kanada 5.35 (+1)
  15. Tayvan bayrogʻi Tayvan 5.33 (−1)
  16.  Isroil 5.31 (+8)
  17.  Birlashgan Arab Amirliklari 5.30 (−1)
  18.  Avstriya 5.25 (+1)
  19.  Lyuksemburg 5.23 (+1)
  20.  Belgiya 5.23 (−3)
  21.  Avstraliya 5.19 (+1)
  22.  Fransiya 5.18 (−1)
  23.  Malayziya 5.17 (+2)
  24.  Ireland 5.16 (−1)
  25.  Qatar 5.11 (−7)
  26.  Janubiy Koreya 5.07 (—)
  27.  Xitoy 5.00 (+1)
  28.  Islandiya 4.99 (−1)
  29.  Estoniya 4.85 (+1)
  30.  Saudiya Arabistoni 4.83 (−1)

2013—2014 yillardagi hisobot[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013—2014 yillardagi eng kuchli 30ta davlat[2][3]:

  1. Shveytsariya bayrogʻi Shveysariya 5.67 (—)
  2. Singapur bayrogʻi Singapur 5.61 (—)
  3. Finlandiya bayrogʻi Finlandiya 5.54 (—)
  4. Olmoniya bayrogʻi Germaniya 5.54 (+2)
  5. AQSH bayrogʻi AQSh 5.48 (+2)
  6. Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya 5.48 (−2)
  7. Gon Kong bayrogʻi Gonkong 5.47 (+2)
  8. Niderlandlar bayrogʻi Niderlandiya 5.42 (−3)
  9. Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 5.40 (+1)
  10. Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 5.37 (−2)
  11. Norvegiya bayrogʻi Norvegiya 5.33 (+4)
  12. Tayvan bayrogʻi Tayvan 5.29 (+1)
  13. Qatar bayrogʻi Qatar 5.24 (−2)
  14. Kanada bayrogʻi Kanada 5.20 (—)
  15. Daniya bayrogʻi Daniya 5.18 (−3)
  16. Avstriya bayrogʻi Avstriya 5.15 (—)
  17. Belgiya bayrogʻi Belgiya 5.13 (—)
  18. Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya 5.11 (+5)
  19. BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 5.11 (+5)
  20. Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 5.10 (−2)
  21. Avstraliya bayrogʻi Avstraliya 5.09 (−1)
  22. Lyuksemburg bayrogʻi Lyuksemburg 5.09 (—)
  23. Fransiya bayrogʻi Fransiya 5.05 (−2)
  24. Malayziya bayrogʻi Malayziya 5.03 (+1)
  25. Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 5.01 (−6)
  26. Bruney bayrogʻi Bruney 4.95 (+2)
  27. Isroil bayrogʻi Isroil 4.94 (−1)
  28. Irlandiya bayrogʻi Irlandiya 4.92 (−1)
  29. Xitoy bayrogʻi Xitoy 4.84 (—)
  30. Puerto-Riko bayrogʻi Puerto-Riko 4.67 (+1)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]