Gerald Ford

Wikipedia open wikipedia design.

Gerald Ford
Tugʻilishi 14-iyul 1913-yil(1913-07-14)
Vafoti 26-dekabr 2006-yil(2006-12-26)
(93 yoshda)

Gerald Ford (talaffuzi: Jerald Ford) (1913.14.7, Omaxa, Nebraska shtati) — AQShning 38-prezidenti (1974—77). Respublikachilar partiyasidan. 1973—74 yillarda vitse-prezident. 1974 yil 9 avgust da Richard Nixon isteʼfoga chiqishi munosabati bilan AQSH prezidenti boʻlgan. F. prezidentligi davrida ilgarigi maʼmuriyatning ichki va tashqi siyosatini davom ettirgan. F. hukumati AQSHning harbiy potensialini kuchaytirishga intilgan, xususan, 1975 yil AQSHning Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi mavqeini oshirishga qaratilgan "Tinch okean doktrinasi"ni eʼlon qilgan. 1976 yildagi prezidentlik saylovlarida magʻlubiyatga uchragan[1].

Manbalar[tahrir]





This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek