Eronning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

Eron Islom Respublikasinig maʼmuriy-hududiy boʻlinishi boshqa davlatlarning hududiy boʻlinishiga oʻxshash. Maʼmuriy-hududiy jihatdan Eron hududi 31 ustonga (provinsiya yoki mintaqa deb tarjima qilish mumkin) boʻlinadi. Har bir uston rahbari ustondor (ustonboshi, hokim yoki gubernator deb tarjima qilish mumkin) maqomiga ega. Eronda monarxiya mavjud paytda ustondorlar shoh tomonidan, hozirgi paytda esa ustondorlar Eron Islom Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi tomonidan tayinlanadi va Eron Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Ustonlar Eron maʼmuriy-hududiy boʻlinishida eng yuqori darajali boʻlinma hisoblanadi va oʻz oʻrnida har bir uston shahristonlarga (shaharlar jamlanmasi yoki viloyat deb tarjima qilish mumkin) boʻlingan. Shahristonlarning umumiy soni — 402 ta. Har bir shahriston baxshlarga (tuman deb tarjima qilish mumkin) boʻlinadi. Baxshlarning umumiy soni — 999 ta.

Oʻzbek tilidagi nomlanishi Fors tilidagi nomlanishi Soni
Uston (provinsiya) استان ostān 31
Shahriston (viloyat) شهرستان shahrestān 402
Baxsh (tuman) بخش bakhsh 999
Shahr (shahar) شهر shahr 1,167
Dehiston (qishloq) دهستان dehestān 2,512

Eron ustonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]