Bremen

Bremen
Skyline of Bremen
Bremenning bayrogʻi
Bayroq
Bremenning rasmiy gerbi
Gerb
53°4′33″N 8°48′26″E / 53.07583°N 8.80722°E / 53.07583; 8.80722 G OKoordinatalari: 53°4′33″N 8°48′26″E / 53.07583°N 8.80722°E / 53.07583; 8.80722 G O
Hukumat
 • mer Jens Böhrnsen
Zichligi 1679 kishi/km2
[[File:|290px|Bremen xaritada]]

Bremen — Germaniya yeri yoki erkin Ganza shahri. Shim. Germaniya pasttekisligida, Vezer daryosining Shimoliy dengizga quyilish joyida, bir-biridan 65 km masofada joylashgan ikki shahar — Bremen va Bremerxafenni (avanport) oʻz ichiga oladi, bu ikki shahar oraligʻidagi yerlar quyi Saksoniya hududi tarkibida. Maydoni 404 km². Aholisi 680 ming kishi (1995). B.— Germaniya yerlarining eng kichigi. Maʼmuriy markazi — Bremen shahri

B.ga 787 yilda yepiskop qarorgohi sifatida asos solingan. 11-asrda u "Shimoliy Rim" deb atalgan. 1358-yilda B. Ganza shaharlari ittifoqi aʼzosi boʻlgan. 1646-yilda Erkin imperiya shahri huquqini olgan. 1618—48 ylardagi 30 yillik urushdan soʻng B. Shvesiya tarkibiga, 1715-yilda Gannoverga oʻtdi. 1815-yilda erkin shahar deb eʼlon qilindi. 1871-yildan Germaniya tarkibidagi erkin shahar.

Iqtisodining poydevorini port xoʻjaligi, xalqaro savdo va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etadi. Mamlakatning eng yirik dengiz portlari shu shaharlarda joylashgan, ular yuk ortish va tushirish jihatidan dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi. Bremerxafen portila yuklarning katta qismi konteynerlarda qabul qilinadi va joʻnatiladi. Bu portlarda dengiz kemalariga tezkorlik bilan xizmat koʻrsatiladi. Sanoatida kemasozlik yetakchi urin da. Aviasozlik va kosmonavtika sanoati hajmi jihatidan va bu sohalarda yangi texnologiyalarni yaratish va joriy etish boʻyicha muhim ahamiyatga ega. Avtomobilsozlik, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor.

Bremerxafenda Germaniya qutbni oʻrganish markazi joylashgan. Iqtisodining yana bir muhim tarmogʻi — turizm. Dunyoga mashhur kemasozlik muzeyi, unt, ilmiy tadqiqot institutlari, sanʼat maktabi bor. Kad. B. SanktPetri gotika sobori, Uygʻonish davrida qurilgan binolari bilan mashhur.[1]

Bremen (nemischa: Stadtgemeinde Bremen) Olmoniyaning shimoli-gʻarbida joylashgan Ganza shaharlaridan biridir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil