Bertlo

Wikipedia open wikipedia design.

Bertlo, Vertelo (Berthelot) Pyer Ejen Marselen (1827.25.10—Parij 1907.18.3)—fransuz kimyogari va jamoat arbobi. Termokimyo asoschilaridan biri. Glitserin bilan yogʻ kislotalaridan tabiiy yogʻlarga yaqin birikmalarni sintez qilgan. Glitserinning uch atomli spirt ekanligini, etilendan sulfat kislota ishtirokida etil spirt olish mumkinligini isbotlagan (1854), B. oddiy uglevodorodlardan metan, etilen, atsetilen, benzol va boshqalarni sintez qilgan. 1867 yilda vodorod yodid bilan organik moddalarni kaytarishning umumiy usulini ishlab chiqqan. B. yoqilgʻilarning issiqlik berish qobiliyatini oʻlchash uchun kalorimetrik bombani ixtiro qilgan. B. 1861—63 yillarda fransuz kimyogari L. Pean de SenJil bilan hamkorlikda spirt va kislotalardan murakkab efir hosil boʻlish tezligi ustida ishlar olib borib, kimyoviy kinetikata muhim hissa qoʻshgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek