Abdulvohid Burhonov

Wikipedia open wikipedia design.

Abdulvohid Burhonov (taxallusi Munzim) (1875, Buxoro — 1934, Dushanba) — Buxorodagi jadidlik harakati, Yosh buxoroliklar tashkiloti asoschilaridan biri. 1908 y. okt.da Buxoroda dastlabki yangi usuldagi maktabni ochdi. Samarqandga borib, Mahmudxoʻja Behbudiy va Abduqodir Shukuriydan yangi usul maktablarida oʻqitish tajribasini oʻrgandi. Mukammil Burhonov, Sadriddin Ayniy bilan birgalikda "Tarbiyai atfol" ("Bolalar tarbiyasi") maxfiy jamiyatini tuzishda qatnashdi. Jamiyat buxorolik maʼrifatparvar va ziyolilar oʻrtasida ilgʻor demokratik gʻoyalarni targʻib etib, xalqning siyosiy ongini uygʻotish uchun kurashdi. B. 1917 yildan Yosh buxoroliklar partiyasi MKning raisi. Buxoroda Xalq respublikasi oʻrnatilgach, BXSR MIK raisining oʻrinbosari, xalq maorifi noziri, sogʻliqni saqlash noziri (1920—24). Buxorolik 44 talabani Germaniyaga olib borib, Berlindagi oʻquv yurtlariga joylashtirdi (1921). 20-yillarda ilmiy va publiiistik faoliyat bilan shugʻullandi. 30-y. boshida "Tojikistoni surx" gaz.da ishladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Ayniy S, Asarlar, 1j., T., 1963; Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, T., 1997.







This page is based on a Wikipedia article written by contributors (read/edit).
Text is available under the CC BY-SA 4.0 license; additional terms may apply.
Images, videos and audio are available under their respective licenses.

Destek